Yosh futbolchilarimiz muvaffaqiyati

Rossiyaning Kaluga shahri mezbonlik qilgan 2002 yilda tavallud topgan yosh futbolchilardan iborat jamoalar o‘rtasidagi “Kaluga Junior Cup” xalqaro musobaqasi yakunlandi.

Turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan Dilshod Nuraliyev murabbiyligidagi “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari yarim final uchrashuvida “Krasnodar” klubini yirik 5: 1 hisobida mag‘lub etishdi. “Paxtakor” jamoasi hal qiluvchi final uchrashuvida Belarusning “Dinamo-Minsk” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Ushbu bahsning birinchi bo‘limida raqib jamoasi hujumga zo‘r bergan bo‘lishiga qaramasdan “yosh sherlar” himoyada juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ikkinchi bo‘limda “Dinamo” himoyachilari xatosidan unumli foydalangan Ruslan Roziyev “Paxtakor”ni oldinga olib chiqdi. Goldan so‘ng futbolchilarimizda hisobni oshirish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘ldi, lekin ikkinchi gol faqatgina uchrashuvning so‘nggi daqiqasidagina kiritildi. Shunday qilib “Paxtakor” birinchi bor o‘tkazilgan “Kaluga Junior Cup” halqaro musobaqasi g‘olibiga aylandi.

Yosh futbolchimiz Diyor Xolmatov musobaqaning eng yaxshi hujumchisi, Ruslan Roziyev esa eng yaxshi o‘yinchisi deb tan olindi.

 

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Orasta qiz to‘garakda oilaga tayyorlanadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: