Bolangiz 6 oylik bo‘ldi

Endi unga qo‘shimcha ovqat zarur

Sun’iy ovqat vositalari – ko‘krak suti va sut aralashmalariga nisbatan to‘yimliroq bo‘lgan, uy sharoitida tayyorlangan yoki oziq-ovqat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi.

Ular bolaning 6 oyligidan so‘ng ko‘krak suti yoki sutli aralashmalarga qo‘shimcha sifatida berilibgina qolmay, balki bolani asta-sekin umumiy ovqatlanish stoliga o‘tkazishni ta’minlaydi. Shunga e’tibor berish lozimki, sun’iy ovqat vositalari bola yoshining ikkinchi yarim yilligida ko‘krak suti va sutli aralashmalarga nisbatan ko‘proq miqdorda beriladi. Shunga qaramay, ular bola ratsionidagi asosiy oziq hisoblanmaydi.

Bolangizning iste’moli uchun sharbat tayyorlashda quyidagi qoidalarga rioya qilishingiz lozim:

– Sharbat tayyorlashda faqatgina yetilgan va sarxil (yangi uzilgan) meva yoki sabzavotlardan foydalaning.

– Har qanday holatda ham metall sharbat tayyorlovchi qurilmalardan foydalanmang. Chunki, metall sharbat tarkibidagi S vitaminini yemiradi. Eng yaxshisi, qo‘l bilan ishlaydigan oynali sharbat tayyorlovchi qurilmalardan foydalangan yaxshi. Shundagina ichimlik o‘zining tabiiylik xususiyatini saqlaydi.

– Tayyorlangan sharbatni saqlab qo‘ymang, uni oz-ozdan, tez-tez tayyorlang. Zero, turib qolgan ichimlik oksidlanib, mazasi buziladi.

– Agar siz bolangiz uyg‘onishidan oldin sharbatni tayyorlab qo‘ygan bo‘lsangiz, uni qorong‘u joyga qo‘ying. Sababi uning tarkibidagi S darmondorisi yorug‘lik ta’sirida tez parchalanadi.

Shuni esda tutish lozimki, ayrim sharbatlar chaqaloq ichini suyultiradi. Ba’zilari esa aksincha. Ayniqsa, anor, qora qorag‘at(smorodina) va olchali sharbatlar bolaning ichaklari harakatini susaytirib, ich qotishiga sababchi bo‘ladi. Agar bolada ich qotish holatlari aniqlansa, u holda karam yoki lavlagidan tayyorlangan sharbatlar foydali.

Uzumdan tayyorlangan sharbatlarni iste’mol qilishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Chunki, uning tarkibida me’yordan ko‘p miqdorda fruktoza bo‘lib, ko‘p iste’mol qilinsa, bola ichagida gazlar hosil bo‘lishi ortadi va natijada ichak sanchishi rivojlanadi.

Aksincha, sarxil sabzi sharbati juda foydali bo‘lib, uning tarkibida ko‘p miqdorda A vitamini mavjud. Bu darmondori esa bolaning o‘sishi va ko‘rish faoliyatiga yaxshi ta’sir etadi. Lekin sabzili sharbatni ham keragidan ortiq iste’mol qilish zarar. Chunki, ko‘pchilik hollarda ushbu sharbat natijasida bolaning terisi sarg‘ayishi mumkin.

Bolaning ilk yoshlaridayoq, ko‘p miqdorda meva va undan tayyorlangan sharbatlarni berish tavsiya etilmaydi. Sababi ularning ozuqaviylik qiymati yuqori emas. Ko‘pincha tabiiy, sarxil meva va sabzavot suvlari bola ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lib, allergik reaksiyalarni chaqiradi.

Yana o‘qing:  Aviamodelchilar musobaqasi

Go‘dakni sun’iy ovqat vositalari bilan oziqlantirishda dastlab bo‘tqasimon, ammo suyuq bo‘lmagan, bola 8-10 oyligidan boshlab esa nisbatan quyuqroq ovqatlar bilan ovqatlantirish tavsiya etiladi. Bunday usul bilan bolani ovqatlantirish uni 10-12 oyligidan boshlab umumiy stolga o‘tishini yengillashtiradi.

Chaqaloqni sun’iy ovqat bilan oziqlantirishning dastlabki 10-14 kunlarida bir martalik oziqning umumiy miqdori 100-200 grammgacha oshirish tavsiya etiladi. Ko‘pchilik ko‘krak yoshidagi bolalarning bir martalik oziqning umumiy miqdori 100-150 gramm bo‘lib, ushbu holat me’yor hisoblanadi. Agar bola ortiq iste’mol qilishni istamasa, uni majburlamang. Aksincha ushbu ovqatni ikkiga bo‘lib, biroz vaqtdan so‘ng uni yana berish tavsiya etiladi.

(Davomi bor)

 

Guli ShAYXOVA,

TTA “Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi” kafedrasi professori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: