Orasta qiz to‘garakda oilaga tayyorlanadi
G‘allaorol tibbiyot kolleji barcha guruhlarida “Orasta qizlar” to‘garagining tashkil etilishi, o‘smir qizlarning o‘z yo‘lini aniq va to‘g‘ri belgilab olishiga ko‘mak bermoqda.
To‘garak a’zolarining tibbiy-ma’rifiy savodxonligini yuksaltirish, ularni turli mafkuraviy tahdidlardan asrashda pedagogik tajribaga tayanish bilan birga, aynan shu yo‘nalishdagi eng so‘nggi yangiliklarni yetkazish ham biz o‘qituvchilar oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
O‘tgan o‘quv yilida farmatsiya yo‘nalishi bo‘yicha 2-bosqich o‘quvchisi Shohruza Imomova “Orasta qizlar – mustahkam oila tayanchi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida qatnashib, “Eng iqtidorli qiz” nominatsiyasi sovrindori bo‘ldi va “Kamolot” YOIH Markaziy kengashining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Orasta qizlar” to‘garagiga bugungi kunda 25 nafar qiz a’zo bo‘lib, mashg‘ulotlarga tuman xotin-qizlar qo‘mitasi faollari, shifokor va pedagoglar taklif etilmoqda.
Aziza ISOQULOVA,
G‘allaorol tibbiyot kolleji o‘qituvchisi