7 kun davomida

Toshkent davlat yuridik universitetida “O‘zbekistonda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilishning konseptual masalalari” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan vazifalar va ularning ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Oila, onalik va bolalikni himoya qilish bo‘yicha shakllangan huquqiy-me’yoriy bazani takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi oldidan “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan “Salomatlik haftaligi” Andijon viloyatida ham yuksak saviyada o‘tkazildi.

“Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini yanada yaxshilashga doimiy e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

 

Buxoroda travmatologiya va ortopediyaning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda travmatologiya va ortopediyaning o‘ta dolzarb masalalari – tayanch-harakat a’zolari jarohati va kasalliklarining oldini olish, diagnostika qilish hamda davolash, osteosintezning yangi usullari, yirik bo‘g‘imlar artroskopiyasi va endoprotezlash, umurtqa jarrohligi, bolalar travmatologiyasi va ortopediyasiga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, tadbir doirasida travmatologiya va ortopediyada qo‘llaniladigan dori-darmonlar, zamonaviy qurilmalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

 

“Sog‘lom avlod” muxbirlari xabarlari asosida tayyorlandi.

Yana o‘qing:  Ne’matni borida qadrlaylik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: