Har bir farzandga mehr, e’tibor!

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi yurtimizda unib-o‘sib kelayotgan yoshlarni barkamol avlod sifatida kamol toptirish, ular iste’dodini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ota-ona mehridan bebahra bolalarga mehr-muruvvat ko‘rsatish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, “Sen yolg‘iz emassan” bolalar jamoatchilik jamg‘armasi, Toshkent shahri va viloyat hokimliklari hamkorligida “Toshkent Lend” bolalar istirohat bog‘ida o‘tkazib kelinayotgan “Har bir farzandga mehr, e’tibor” shiori ostidagi xayriya aksiyasi ana shu ezgu ishlarning uzviy davomi sanaladi.

Mazkur xayriya tadbiriga poytaxtimizdagi 21-, 22-, 23-, 30-sonli “Mehribonlik” uylari, Sirdaryo viloyatining Guliston bolalar shaharchasi bolalari, Toshkent viloyatining 14-, 15-sonli “Mehribonlik” uylarining ming nafarga yaqin bolajonlari taklif etildi. Shu kuni istirohat bog‘ining turli ko‘ngilochar attraksionlari ular xizmatida bo‘ldi. Shuningdek, ularga muzqaymoq va salqin ichimliklar tarqatildi.

M. TOLIPOVA

Yana o‘qing:  Denis g‘oliblar safida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: