EZGULIKNING MURODI ShODLIK

Ayol – oila bekasi, jamiyat ko‘rki, sog‘lom avlod tarbiyachisidir. Uni qancha-
lik e’zozlasak, ehtirom ko‘rsatib sog‘lig‘i uchun e’tibor bersak xalqi-
miz, millatimizga bo‘lgan ulkan g‘amxo‘rlik hisoblanadi. Istiqlol yillarida davlatimiz tomonidan oilalarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashga keng e’tibor qaratilmoqda. Yurtboshimizning 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, hamda 2007 yil 18 maydagi “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonlari oilalar mustahkamlanishiga zamin yaratmoqda.

Onalik va bolalikni muhofaza etish maqsadida viloyatning bir qator tashkilotlari bilan birgalikda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining Sirdaryo mintaqaviy filialida ham doimiy ravishda turli xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘tgan – 2012 yilda jamg‘armaning viloyat filiali tomonidan homilador ayollar va bolalarga tarkibida zaruriy vitaminlar va minerallar mavjud bo‘lgan dori-darmonlar, sanitariya-gigiyena vositalari muruvvat yordami sifatida tarqatildi.

Yana 16 turdagi turli mavzudagi tarqatma materiallar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga yetkazildi. Bu esa aholi tibbiy madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, jamg‘arma filiali viloyatdagi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Sog‘lom oilani shakllantirish”, “Yod tanqisligi va uning oldini olish”, “Zamonaviy kontratseptiv vositalar va ularni qo‘llash usullari”, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Kamqonlik va uning oldini olish”, “Ona sutining ahamiyati”, kabi ko‘plab dolzarb mavzularga bag‘ishlangan seminar va uchrashuvlar o‘tkazildi. Eng asosiysi 2012 yil davomida jami 15 231 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan tug‘ma yurak nuqsoni tug‘ma lab-tanglay nuqsoni bo‘lgan bolalar hamda “Chiroyli oyoqchalar” loyihasi bo‘yicha viloyatimizdagi bolalar bepul, beminnat jarrohlik muolajalari o‘tkazish maqsadida respublikamiz hamda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli klinikalarga olib borildi.

Bolalarni sportga oshno qilish va uning borobarida ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish maqsadida joriy yilning 6 oyi davomida ma’daniy marifiy tadbirlar hamda ko‘pgina sport o‘yinlari tashkil qilindi. Viloyatning tuman va shahar umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Eng yaxshi salomatlik burchagi” ko‘rik-tanlovi, “Yer kurrasida tinchlik” rasmlar ko‘rik tanlovi, Guliston shahridagi “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Kamalak jilosi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi va iqtidorli bolalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yana o‘qing:  Azamat ishonchni oqladi

Mehribon UBAYDULLAYEVA,

Guliston shahri 1-sonli oilaviy poliklinikasi shifokori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: