Qo‘shiqlarda vatan madhi

Andijonda “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari o‘rtasida respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan 140 dan ortiq yosh iste’dodlar an’anaviy, estrada, folklor hamda akademik xonandalik yo‘nalishlari bo‘yicha mahoratini namoyish etdi.

Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi oldidan o‘tkazilayotgan mazkur tanlov ham yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanni madh etuvchi qo‘shiqlar orqali navqiron avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Mazkur tanlovda yosh san’atkorlar, xor jamoalari ijrosidagi Vatanni tarannum etuvchi zamonaviy, mumtoz kuy-qo‘shiq, raqslar barchada katta taassurot qoldirdi.

U. MAMARASULOV,

Andijon viloyati

Yana o‘qing:  Sport xabarlari (2015-17)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: