Yarim soniyada quvvatlanadigan akkumulyator
Oslo universiteti olimlari yarim soniyada quvvatlanadigan, biroq o‘ta kichik sig‘imga ega akkumulyatorni ixtiro qildi.
Professor Ola Nilsen va universitet bitiruvchisi Knut Byarne jamoat transporti uchun ekologik toza quvvatlanish manbaini yaratishni rejalashtirgandi. Mutaxassislar Gangrud to‘yinish tezligini oshirish va qurilma hajmini kamaytirish uchun batareya sig‘imini qurbon qilishga qaror qildi. Shunga muvofiq, akkumulyatorning bir marta to‘yinishi bekatlar o‘rtasida harakatlanishga yetadigan qilib yaratildi. Har bir to‘xtash joyida esa avtobuslar maxsus platformalarda quvvatlantirildi.
Batareya ustida to‘rt yil mehnat qilgan tadqiqotchilar kelgusida uning quvvati uzoq masofalarga yetishi borasida izlanishlarni davom ettirishni mo‘ljallamoqda.
Nigina BOTIROVA