Immunitet uchun xavfli omillar

Buyuk Britaniiya ekspertlari faol immunitet tizimini pasaytiruvchi omillar ro‘yxatini tuzib chiqishdi.

Ularning xulosasiga ko‘ra bu borada eng xavfli “dushman” shakar deb topildi. Qisqa vaqt ichida tanavvul qilingan 100 gramm shakar organizmning kurashuvchanlik darajasini 5-6 soatda uch barobarga kamaytirib yuborar ekan.

Kam suv ichish immunitetni tushiruvchi omillar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, burunning qurib qolishi ham immunitetning pasayishiga sabab bo‘lar ekan. Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda burun oqishi yoki uning tiqilishida inson kasalliklardan himoyalangan bo‘ladi. Shilliq qavatdan ishlab chiqarilgan moddalar va burun tiqilishi organizmda mikroblarga qarshi himoya reaksiyasini shakllantiradi.

Bundan tashqari immunitet behisob ruhiy zo‘riqishlar manbai – uyqusizlikdan qattiq aziyat chekadi. Ya’ni, kam uxlash, ko‘p asabiylashish immun tizimi to‘qimalari faoliyatini pasaytiradi.

X. HUSENOVA

Yana o‘qing:  Olimlar fikri: insonning xarakteri uning qaysi oyda tug‘ilganiga bog‘liq

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: