Qandli diabetni aniqlashning yangi usuli
Hindistonning Kalkutta shahridagi oftalmolog-shifokorlar qandli diabetga chalingan bemorlarning ko‘z yoshida qand moddasi mavjud bo‘lishini aniqladilar.
Ular bir necha ming bemorlarning qon tahlili va ko‘zlarning yosh ajraladigan qopchasidan suyuqlikni olib, tekshiruvdan o‘tkazdilar. Tadqiqotlar qondagi va yosh qopchasidagi suyuqlikda qand miqdori deyarli teng ekanligini ko‘rsatdi. Endilikda bemorlar tanasidagi qand miqdorini aniqlash uchun ko‘z qovoqlarining ichki devoriga maxsus test-tasmasini qo‘yish kifoya qiladi.
Sahifani Xurshida HUSENOVA tayyorladi