Ruhiy zo‘riqish barcha kasalliklar debochasi

Ruhiy zo‘riqish o‘z darajasiga qarab organizmga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Agar bu javob reaksiyasi tashqi ta’sirotga mos keladigan va uning ta’siri to‘xtagandan keyin organizmda stress yo‘qoladigan bo‘lsa, bu normal reaksiya.

Bunday stress organizmga tashqi muhitga moslashishga yordam beradi. Agar ushbu holat tashqi ta’sirot yo‘qolgandan keyin ham davom etsa yoki bu ta’sir qiluvchi omilga mos bo‘lmasdan ortiqcha ko‘p bo‘lsa, bunday stress normal emas. U turli kasalliklar, masalan, gipertoniya (qon bosimi yuqoriligi) me’da yarasi kasalligi, qandli diabet, miokard infarkti, bronxial astma, tireotoksikoz, nevroz kabilarning sababchisiga aylanishi mumkin.

Ruhiy zo‘riqishning belgilari:

og‘iz burchaklaridagi teri yorilishiga sabab organizmda V6 vitamini yetishmasligini bildiradi. V guruh vitaminlari asab tizimi salomatligi uchun juda muhim bo‘lib, u kayfiyat, emotsional holat, uyqu va tetiklik almashishiga katta ta’sir qiladi.

– Tishlarni g‘ichirlatish surunkali stress oqibati bo‘lishi mumkin. Yana bu holat V5 vitamini yetishmasligi tufayli ham kuzatiladi.

– Tirnoqlardagi oq dog‘lar organizmda rux elementi tanqisligi belgisi bo‘lib, u asab tizimining holatiga katta ta’sir qiladi.

– Bemorda ich ketish va qabziyat almashib turishi esa organizmda magniy yetishmasligidan dalolatdir. Stress paytida bu element ko‘p sarflanadi. Kishi tez asabiylashadi, uning mushaklari, qorni og‘riydi. Uyqusizlik bilan birga bemorda yuqorida ko‘rsatilgan belgilar uchraydi.

– Qo‘l va oyoqlarda katta bo‘rtgan toshmalarning paydo bo‘lishi A va Ye vitamini yetishmasligi sabablidir.

– Ruhiy zo‘riqishda organizm S vitaminini ham ko‘p sarflaydi. Milklar qonashi ushbu vitamin yetishmasligi belgisidir.

– Tomoq va nafas yo‘llarining tez-tez yallig‘lanishi ham asablar tarang bo‘lganda kuzatiladi.

Stress xotira yo‘qolishiga sabab bo‘ladimi?

Siz stressga tushib qolganingizda tanangiz kortizol deb nomlangan gormonni ishlab chiqaradi. Bu gormonning asosiy vazifasi hayot uchun muhim sanalgan a’zolarga ko‘proq energiya yetkazib berishdir. Bunga sabab ruhiy zo‘riqish paytida tanadagi muhim a’zolarga ortiqcha yuklama tushadi va ularga katta energiya kerak bo‘ladi. Misol uchun, yurak tez ura boshlaydi. Ba’zida stress juda foydalidir. Negaki, inson bunday holatda katta kuchga ega bo‘ladi. Buni ayniqsa, imtihon oldidan sezish mumkin. Yoki qo‘rqib ketganimizda unga reaksiya tarzida stress bizni vaziyatdan olib chiqib ketadigan “quvvat beradi”. Ammo doimiy yoki haddan ortiq bunday holatga tushish miyamizni “o‘chirib qo‘yadi”. Fikrlashga ta’sir qiladi, xotirani susaytiradi va miyamizdagi asab hujayralarini nobud qiladi. Kortizol gormoni ayniqsa, miyani bir bo‘lagi hisoblangan qisqa muddatli xotirani uzoq muddatga o‘tkazishda faol qatnashuvchi gippokampusga ta’sir o‘tkazadi. Bu stress gormoni gippokampusni (bu bosh miyadagi soha yangi xotiralarni saqlab qolinishiga javobgar) qobiliyatlarni chegaralab qo‘yadi. Oqibatida siz yangi ma’lumotni o‘rganganingizda u qisqa muddatli xotiraga o‘tish ehtimoli ozayadi. Uzoq muddatli xotiraga o‘tmagan ma’lumotni esa to‘g‘ri eslab qolishda muammolarga duch kelasiz. Ortiqcha kortizol hattoki, sizning mavjud xotirangizni qayta eslab qolishiga ham salbiy ta’sir qiladi.

Yana o‘qing:  Surunkali milk yallig‘lanishi Alsgeymer kasalligiga sabab bo‘ladi

Tavsiyalar:

Bunday holatda shifokor nazoratidan o‘tish kerak. Sizni aynan nima shu holatga solayotganini kuzating va iloji bo‘lsa, ulardan butkul xalos bo‘lishga harakat qiling. Kun davomida dam olishga va hordiq chiqarishga vaqt sarflang. O‘zingizga yoqadigan biror bir ish bilan mashg‘ul bo‘ling. Tabiat qo‘ynida sayr ham stressni kamaytiradi. O‘zingizga yoqqan mashg‘ulotlarga katta e’tibor bering. Tunda tiniqib uxlash, yoga mashg‘ulotlari yoki oddiy nafas olib chiqarish ham stressning oldini oladi.

Surunkali ruhiy zo‘riqish tufayli tanadagi adrenalin va kortizol miqdori me’yordan ortib ketadi. Kortizol miqdorining uzoq muddatli oshib borishi qandli diabet, yurak xastaligi, yuqori qon bosimi, saraton, me’da-ichak tizimida yaralar, nafas olish yo‘llari kasalliklari, ekzema (temiratki) va psoriaz kabi kasalliklarning ertaroq paydo bo‘lishiga olib keladi. Biroq, stressning eng zararli ta’sirlaridan biri yurak xurujidir. Tadqiqotlarda kuzatilishicha, tajovuzkor, sabrsiz, raqobatchi hamda tajang odamlar ancha ko‘p yurak xurujiga yo‘liqishadi.

Xulosa qilib aytganda, stress insonning tabiiy ichki muvozanatiga behad zarar yetkazadi.

 

Stress (inglizcha stress – bosim, kuchlanish, tanglik) bu organizmni jismoniy yoki ruhiy muvozanatdan chiqaruvchi kuchli tashqi ta’sirotga bo‘lgan javobidir.

 

Munira YARKINBOYEVA,

O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: