Yangilanishlar fasli

Yo‘lim yana qadrdon qishloqqa tushdi. Toshkent – Samarqand yo‘llari hamisha yuragimga ajib hayajon, sog‘inch hislarini soladi. Yo‘l bo‘yi xayol surib ketish maroqli. Shu yo‘llarda beixtiyor bosib o‘tgan va o‘tayotgan umring yodingga tushadi, o‘ylaring mayin havolarga singib ketadi.

Tug‘ilib o‘sganim Payariq tumaniga kirib bordim. Bu yer men uchun qimmatli, beminnat tuproq. Bolaligim, yoshligim, otam-onam, ota hovlim, tug‘ishganlarim, maktabim va ustozlarim, do‘stlarim, dugonalarim ko‘z o‘ngimdan lovillab o‘tadi, har gal bir o‘zgarish, yangi bir nafas, ranglarni sezaman, ko‘raman.

o‘zim ham ko‘p yillar o‘qituvchilik qilgan 9-umumta’lim maktabiga yosh va bilimli, g‘ayratli, tashabbuskor Elyor Omonovning direktor etib tayinlanganidan xursand bo‘ldim.

– Shu qishloqning bolasiman, – deydi E. Omonov. – Maktabni tugallab, Jizzax davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldim. O‘qituvchilikka mehr bolalikdan uyg‘ongandir, ehtimol. Adabiyotga qiziqishim baland edi. Maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, so‘ngra maktab direktorligiga loyiq ko‘rishdi. Men bu ishonchni katta mas’uliyat deb bilaman. Mustaqillik davri yoshlari qatorida o‘z yo‘lim va maqsadlarim sari qadam tashlar ekanman, har bir ishga bor bilimim, kuchim va shijoatim bilan kirishaman.

Ustozlarim – qanotlarim. Men ulardan nafaqat o‘qituvchilik mahorati, balki hayot saboqlarini ham o‘rganib kelmoqdaman. Ayni paytda maktabimizda 377 nafar o‘quvchilarga 47 nafar pedagoglar dars berib kelmoqda. Bolalarimizda sportga bo‘lgan ishtiyoqni yanada kuchaytirish maqsadida yangi sport zalini qurib bitkazdik. Bino va uning jihozlari uchun 2015 yil Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 617 mln. so‘m ajratildi va sport zal o‘sha yili qurilib, foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda qishloq bolalari stol tennisi, futbol, basketbol, yengil atletika va karate kabi sport turlari bilan shug‘ullanish imkoniga ega. Bundan ayniqsa, qishloq ahli, ota-onalar juda xursand.

Yosh direktorning maqsadlari ulkan va istiqbolli. Mustaqil O‘zbekistonimizga nafaqat bilimli va iqtidorli, jismonan sog‘lom bolalar safini kengaytirishda o‘z hissamni qo‘shsam, deydi u.

***

Payariq tuman 17-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori bilan suhbatimiz ham samimiy kechdi.

– 2014 yil mustaqillik bayrami arafasida Respublika bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan maktabimiz yangi binosi uchun 2 mld. 780 mln. so‘m ajratilib, qurilish ishlari amalga oshirildi, – deydi maktab direktori Tolib Do‘styorov. – Ayni paytda maktabimizda 154 nafar o‘quvchilarga musiqa va san’at sirlarini 24 nafar ustozlarimiz o‘rgatib kelishmoqda. Bolalarimiz iqtidorli va qiziquvchan.

Yana o‘qing:  Xushxabar raqamlar

Buni qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham ko‘rish mumkin. Iqtidorli o‘quvchimiz Nafosat Yo‘ldosheva raqs yo‘nalishi bo‘yicha 2015 yil “Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali g‘olibasi. Joriy yilda Komil Rashidov estrada xonandaligi bo‘yicha akademik va estrada yo‘nalishi ijrochiligi respublika tanlovining viloyat bosqichida II darajali diplomni qo‘lga kiritdi.

Men qadrdon tumanimga safarimdan ruhlanib qaytdim. Mustaqilligimizning yangilanish fasllari har bir qadam, har bir odam, har qishloq va shaharlarimizda kezmoqda. Bu amallar, shubhasiz, bardavomdir.

 

Oygul SUYUNDIQOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: