E’lon

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi

“Fuqarolik jamiyati institutlarining jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan loyihalarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlari ajratish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanganligini E’LON QILADI

Quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. O‘sib kelayotgan avlodda ota-onani, kattalarni hurmatlash, kichiklarga g‘amho‘rlik qilish, mehribonlik va insoniylik, mehr-shafqat va bag‘rikenglik, Vatani va xalqiga sadoqat kabi yuksak ahloqiy sifatlarni shakllantirish;
  2. Keksa yoshdagi shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida ko‘ngillilar (volonterlik) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, keksalarning turmush darajasi va sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishiga yoshlarni keng jalb qilish;
  3. Yoshlarning huquqiy madaniyatini, fuqarolik ongini yuksaltirish, ularning mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida xabardorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  4. Yoshlarning tug‘ilib o‘sgan o‘z o‘lkasi tarixi, madaniyati va me’moriy obidalar haqidagi bilimlarini boyitish, shu jumladan maxsus klublar faoliyatini tashkil etish, ekskursiyalar o‘tkazish, axborot materiallari, bukletlar, stendlarni chop etish va tarqatish orqali boyitish;
  5. O‘sib kelayotgan avlodda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, adabiy didni shakllantirish, kitobga muhabbat va ehtiyotkor munosabatni tarbiyalash, yoshlarda o‘qishga bo‘lgan intilishni oshirish, kundalik hayotda kitob o‘qishning amaliy qadrini ochib berish;
  6. Texnik yo‘nalishdagi kasb-hunarlar nufuzini oshirish, yoshlarda muhandislik bilimini egallash, tanlangan mutaxassislik bo‘yicha yuqori malaka olishga bo‘lgan intilishni shakllantirish;
  7. Yosh avlodni fan va san’atga qiziqtirish uchun zarur sharoitlar yaratish, yoshlarning respublika va xalqaro tanlovlar, olimpiadalar va musobaqalardagi ishtirokini o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini amalga oshirishini rag‘batlantirish;
  8. Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi prinsiplarini mustahkamlash, jismoniy madaniyat va sportni ommalashtirish, o‘sib kelayotgan avlodni alkogolizm, giyohvandlik, ahloqsizlik, past sifatli “ommaviy madaniyatning”salbiy ta’sirlari, tahdidlaridan asrash;
  9. Yoshlarda sog‘lom va obod oilani barpo etishga intilishni shakllantirish, ularning nasliy va tug‘ma kasalliklar profilaktikasi masalalariga doir bilimlarini oshirish, oilada ijtimoiy-psixologik muammolarning, erta nikohlar va ajralishlarning oldini olish, yoshlarning ongiga to‘y marosimlarini ortiqcha hashamatsiz va haddan ortiq isrofgarchiliksiz o‘tkazishning muhimligini singdirish;
  10. Yoshlarni, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ayniqsa, qishloqlarda oilaviy biznesni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
  11. Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy moslashtirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni sport turlariga, fan va san’atga qiziqtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;
  12. Yoshlarda Vatanga chuqur muhabbat, qurolli kuchlarimizdan faxrlanish va harbiy xizmatga hurmat hislarini tarbiyalash maqsadida ta’lim muassasalarida, mehnat jamoalarida va mahallalarda harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlarni tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ishlarni faollashtirish;
  13. Joylarda yoshlarning huquqlarini muhofaza qilish va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun hujjatlari normalarining amalga oshirilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda jamoatchilikning, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish.
Yana o‘qing:  Navoiylik kollej bitiruvchilari

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. Davlat granti loyihasi uchun www. fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Ustav (Nizom) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa litsenziyaning nusxasi.
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiyanomalari va qo‘llab-quvvatlash xatlari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant summasi miqdori – 25 mln. so‘mgacha.

Hujjatlar 2016 yil 10 maydan 10 iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi”orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va hujjatlar namunalari bilan Jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(0-371) 239-26-76, 239-26-64.

 

“Qonunchilikni mustahkamlash, insonlarda qonunga hurmatni, yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini ta’minlash” mavzusida NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalariga Davlat grantlari ajratish uchun hujjatlar qabul qilinishi boshlanganligini E’LON QILADI

Quyidagi yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar qabul qilinadi:

  1. Hududiy elektron OAVda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, prinsiplari va maqsadlarini ochib berishga, Bosh Qonun normalari me’yorlari haqidagi bilimlar targ‘ibotiga, 2011 va 2014 yillarda unga doir qabul qilingan tuzatishlarning mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xabardor qilishga qaratilgan maxsus teleradio dasturlar, roliklar tayyorlash;
  2. Jamiyatda qonunchilikni mustahkamlash, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini, ularning, muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan (oddiy fuqarolar, tadbirkorlar, pensionerlar, nogironlar, yoshlarning huquq va manfaatlari) qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati haqida xabardorligini yanada oshirishga qaratilgan turkum ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (davra suhbatlari, seminarlar, tele va radio dasturlar, matbuot va Internet tarmog‘idagi maqolalar) o‘tkazish;
  3. Hududiy elektron va bosma OAVda barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan qonun va huquqqa nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishini, turli sohalar (yo‘l harakati qoidalari, shaharsozlik normalari, kommunal va yo‘l xo‘jaligi, qo‘shnilar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar va boshqalar)da qonun hujjatlariga rioya qilmaslik faktlarini jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishi muhitini shakllantirishga qaratilgan materiallar tayyorlash;
  4. Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari bilan birgalikda qonun hujjatlarini qo‘llash bilan bog‘liq dolzarb masalalarni aholiga tushuntirish maqsadida televideniye, radio, bosma nashrlar, Internet tarmog‘ida maxsus ruknlar tayyorlash;
  5. Shaxsiy huquqlarini himoya qilishning mavjud huquqiy mexanizmlari haqida fuqarolarning xabardorligini oshirishga, ularda amaldagi qonun hujjatlari doirasida doirasida o‘z huquqlarini himoya qilish bilimi, malakalari, ko‘nikmalari va tayyorgarligini shakllantirishga qaratilgan mavzuga oid teleradio dasturlar, maqolalar tayyorlash;
  6. Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga saylangan deputatlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlari, joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun ularning vakolatlaridan foydalanish imkoniyatlari bilan aholini tanishtirish bo‘yicha keng axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
  7. Hududiy OAVda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mohiyati va ahamiyatini ochib berish, uni amaliyotda qo‘llash mexanizmlari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini o‘tkazish;
  8. Qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini jamoatchilik tomonidan muhokama qilinishi bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlar (taklif etilayotgan yangi normalarning, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish mexanizmlarining ahamiyati) haqida keng jamoatchilikni xabardor qilish;
  9. “Sog‘lom ona va bola yili”Davlat dasturining ijro etilishi borasida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarining jamoatchilik o‘rtasidagi muhokamalarini o‘tkazishga ko‘maklashish;
  10. Aholining huquqiy xabardorligini oshirish, huquqiy bilimlarning targ‘ibot ishlarini amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.
Yana o‘qing:  O‘rtoqlik o‘yinida durang qayd etildi

Davlat granti ajratilishi uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  1. NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;
  2. www. fundngo.uz saytida joylashtirilgan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;
  3. Oxirgi o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;
  4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.
  6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya va qo‘llab-quvvatlash xatlari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 25 mln. so‘mgacha.

Hujjatlar 2016 yil 10 maydan 10 iyungacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondi” nomiga “O‘zbekiston pochtasi”orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Jamoat fondining www. fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Ma’lumot uchun telefonlar:

(0-371) 239-26-76, 239-26-64.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: