“AMIR TEMUR VORISLARI” MUSOBAQA G‘OLIBI

Samarqandda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilaridan iborat “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilayotgan musobaqalarning viloyat bosqichi yakunlandi. Unda 10 dan ziyod jamoa o‘zaro bahs olib bordi.

Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsad yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga doir bilimini oshirish, favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va o‘zgalarga yordam berish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.

Jismoniy tayyorgarligi hamda favqulodda vaziyatlarga oid nazariy bilimi yuqori baholangan Urgut tibbiyot kollejining “Amir Temur vorislari”jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kollejining “Xaloskorlar” jamoasi ikkinchi, Kattaqo‘rg‘on tibbiyot kollejining “Amir Temur avlodlari”jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Aktam BERDANOV,

Samarqand viloyati

Yana o‘qing:  Jismoniy mashqlar saratonga qarshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: