SALOMATLIK POSBONLARI

Poytaxtimizning G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida “Sog‘lom bola – kelajagimiz”shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Qizil yarim oy jamiyati tomonidan tashkil etilgan anjumanda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san’atkorlar, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda yoshlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishga doir amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Shuningdek, Qizil yarim oy jamiyatining insonparvarlik faoliyatiga oid lavhalar namoyish etildi, donorlik bo‘yicha maxsus aksiya uyushtirildi. Qolaversa, ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Salomatlikning yosh do‘stlari” to‘garaklari o‘rtasidagi tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda estrada xonandalari va bolalar jamoalarining konserti namoyish etildi.

Nigina BOTIROVA

Yana o‘qing:  Jismoniy mashqlar saratonga qarshi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: