TISHLAR SOG‘LOM BO‘LISHINING ODDIY USULLARI

– Vaqti-vaqti bilan qattiq non iste’mol qiling. Bu tishni tabiiy ravishda tozalaydi va mustahkamlaydi.

– Milklar yallig‘langanida ma’lum muddat mum (propolis) chaynash tavsiya etiladi.

– Qaynoq yoki muzday oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish yaramaydi.

– Tishlar yong‘oq chaqadigan “moslama” emasligini doimo yodda saqlang!

– Shirinliklarni iloji boricha kamroq iste’mol qilishga harakat qiling.

Yuqoridagi oddiy qoidalarga rioya qilsangiz, tishlaringiz sog‘lom va mustahkam bo‘ladi.

TISH PASTASI HAQIDA…

Shu kecha-kunduzda ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif etilayotgan tish pastalari turi ko‘pligidan qay birini tanlashni bilmay, ikkilanib qolyapsizmi? Hech o‘ylanmasdan, istaganingizni tanlab oling. Faqat tanlagan tish pastangiz tarkibida kariyesning oldini oladigan ftor moddasi bo‘lishiga albatta, ahamiyat bering. Oqartiruvchi xususiyatga ega tish pastalaridan ko‘p foydalanmagan ma’qul. Chunki ular tishlar ta’sirchanligini oshirib yuborishi mumkin.

Yu. Yunusova tayyorladi.

Yana o‘qing:  O‘zbekistonda ijro intizomini nazorat qilish bo‘yicha elektron tizim yaratilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: