Shifobaxsh kislorodli ko‘pik

u qanday xastaliklarga davo?

Bugungi kunda aksariyat dorixona peshtaxtalariga “kislorodli ko‘pik” nomli yozuv osib qo‘yilgan. Tabiiy savol tug‘iladi: bu ko‘pikning inson organizmi uchun qanday foydasi bor? Bu borada shifokor Malohat Yunusova bizga quyidagilarni so‘zlab berdi:

– Kislorodli kokteyl bu faqatgina mazali ko‘pik bo‘lmasdan, balki tarkibida kislorod mavjud bo‘lgan foydali mahsulotdir. Mazkur ichimlik tarkibida bir qancha vitaminlar, shu bilan birgalikda turli sharbat va shifobaxsh giyohlar damlamasi ham mavjud.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, doimiy ravishda kislorodli ko‘pikni iste’mol qilish, ichak mikroflorasini yaxshilaydi. Organizmni zaharli modda(toksin)lardan tozalaydi va tanada moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Buning natijasida inson o‘zini yaxshi his qiladi va teri holati ham yaxshilanadi. Kislorodning me’da orqali yetib borishi o‘pkadan borgan kislorodga nisbatan 5 barobar yuqori hisoblanadi. Mazkur ichimlik immun tizimining mustahkamlanishida ham o‘zining samarali ahamiyatiga ega. Shu bilan birga, kislorodni istalgan yoshdagi inson iste’mol qilsa bo‘ladi.

Ushbu ko‘pik homilador ayol organizmiga ko‘p miqdordagi kislorodni yetkazib beradi. Uning yetishmasligi esa homilada gipoksiya (kislorod yetishmovchiligiga) sabab bo‘lishi mumkin. Homilaning me’yorda rivojlanishi uchun unda kislorod bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning oldini olishda, qolaversa, bachadonda qon aylanishining yaxshilanishida ichimlikning foydasi bisyor. Ko‘pgina ayollar shifokorlari odatda bo‘lajak onalarga ushbu ichimlikni ichishni tavsiya etadi.

Tez-tez kasallikka chalinib turuvchi bolalarda kislorod quvvat manbai hisoblanadi. Bola bo‘yining o‘sishi, organizmining yaxshi rivojlanishi va immunitetining mustahkamlanishida kislorodning o‘rni beqiyos. U bolalarda sodir bo‘ladigan jismoniy va aqliy zo‘riqishda o‘zining foydali samarasini beradi.

Keksalarda, ayniqsa, 50 yoshdan oshgan insonlar organizmida kislorod taqchilligi kuzatiladi. Natijada noto‘g‘ri ovqatlanish va kamharakatlilik sababli qonning quyulishiga olib keladi va ortiqcha vazn paydo bo‘ladi. Organizmning ishlash jarayonida muammolar yuzaga keladi. Ularni bartaraf qilishda ushbu ichimlikni iste’mol qilish yaxshi samara beradi. Shuningdek:

– insonlardagi yurak-mushak, nafas olish, asab, ovqat hazm qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni bartaraf etishda;

markaziy asab tizimi faoliyatini yaxshilashda;

– arterial bosimni (arterial bosimning ko‘tarilishi bevosita kislorod yetishmasligi bilan bog‘liq) me’yorlashtirishda;

– jigar faoliyatini yaxshilashda (jigar bir qancha toksinlarni qayta ishlaydi. Buning uchun unga juda ko‘p miqdorda kislorod zarur bo‘ladi. Agar kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelsa, jigarning ishlash faoliyati og‘irlashadi);

Yana o‘qing:  KOLLEJDA TADBIR O‘TKAZILDI

– immunitetni ko‘tarishda (kislorod yetishmasligi natijasida immun to‘qimasi faolligi pasayadi);

– uyquni yaxshilashda.

Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi insonlar kislorodning eng ko‘p qismini sarflaydi. Sababi bosh miya umumiy kislorodning uchdan bir qismini o‘z faoliyati davomida “ishlatadi”. Kislorod yetishmovchiligi natijasida biz tez charchaymiz, fikrlash qobiliyatimiz pasayadi va bosh aylanishi kuzatiladi.

Professional sport bilan shug‘ullanadigan va faol harakat bilan hayot kechiradigan insonlarning mushak faoliyati faol ishlashida kislorodli ko‘pikning foydasi bor. Mashg‘ulotlardan so‘ng organizmda kislorod qancha ko‘p bo‘lsa, ishchanlik ham ortadi.

Zararli odatlar sababli organizmning zaharlanishini bartaraf etish uchun xususan, alkogol mahsulotlarini iste’mol qiluvchi shaxslar va kashandalarga ham mazkur ichimlikni iste’mol qilish tavsiya etiladi. Kislorod iste’mol qilish organizmni tozalaydi. Zaharli toksinlarni organizmdan haydab chiqaradi. Bir so‘z bilan aytganda u tozalovchi xususiyatga ega.

Kislorod terapiya (kislorod orqali davolash)ning natijasi o‘ta yuqori bo‘lib, u nafaqat sog‘liq balki inson go‘zalligi uchun ham juda muhim sanaladi. Terining erta qarishini va quruqlashishining oldini oladi.

Mazkur ko‘pik tayyorlanishi bilanoq uzog‘i bilan 20 daqiqa ichida iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ichimlikni asosan ovqatdan so‘ng ichish maqsadga muvofiq. Doimiy ravishda kislorod istemol qilinsa, uning samarasi ikki haftadayoq namoyon bo‘ladi.

Ushbu ichimlik tarkibida allergiya chaqiruvchi giyoh va qizil rangli va sitrus mevalar bo‘lsa, ularni diatez (chilla yara) va allergiyaga moyilligi bor bolalar va kattalarga tavsiya etilmaydi.

 

Xurshida HUSENOVA

yozib oldi.

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: