KOLLEJDA TADBIR O‘TKAZILDI

Samarqand viloyati Urgut tumani Urgut Agroservis kasb hunar kollejida biologiya fanidan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Biz sog‘lom avlod tarafdorlarimiz” deb nomlangan bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.

Tadbirni tashkil etishdan maqsad salomatlik mezonlari, odam organizmining biologik, ruhiy, jismoniy holatlari, sihat-salomatlikning qadr-qimmatini o‘quvchi yoshlarga o‘rgatishdan iborat.

Ushbu tadbirda kasb-hunar kollejining bir guruh yoshlari faol qatnashdi. Bellashuv beshta shart bo‘yicha o‘tkazildi. O‘quvchilar biologiya fanidan tezkor va jumboqli savollar, “Sog‘lom avlod – mening tasavvurimda” rasmlar bellashuvi hamda “Tez tibbiy yordam” kabi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Orzigul TOHIROVA,

Urgut Agroservis kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Qishki olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar ishtirok etadi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: