“A’lo kayfiyat” salati
Kerakli masalliqlar: 6 dona yong‘oq, 5 dona rediska, 2 dona qaynatilgan kartoshka, 1 dona bodring, 2 osh qoshiq smetana, 1 choy qoshiq xantal, ko‘kpiyoz, selderey, tuz va qora murch.
Tayyorlanishi: selderey, rediska va bodringni yupqa qilib, aylana shaklda to‘g‘rang. Kartoshkani esa mayda to‘rtburchak shaklida bo‘laklarga bo‘ling. Ko‘kpiyozni maydalab, to‘g‘ralgan masalliqlar bilan aralashtiring. So‘ng bo‘laklangan yong‘oq mag‘zini aralashmaga qo‘shing. Smetana, xantal, qora murch va tuz qo‘shilgan sousni salat ustidan quying.
Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM