SIL XAVFINI OLDINDAN ANIQLASH MUMKIN

Xorij matbuoti xabarlariga ko‘ra bugungi kunda dunyo aholisining 3/1 qismi sil mikobakteriyalari (Kox tayoqchalari)ni yuqtirib olgan. Ammo, immuniteti kuchli insonga bu xastalik xavf tug‘dirmaydi.

Bu bakteriyalar kasallikning kelib chiqishiga sababchi bo‘lsa-da, bemorlarning hammasi ham sil tayoqchalarini tarqatishmaydi. Keyptaun universiteti olimlari qondagi biomarkerlarni tenglashtirish orqali faol sil xavfini aniqlash mumkin deb ta’kidlashmoqda.

“The Times of India” nashrining xabar berishicha, o‘n yil davom etgan tadqiqotlar, 2 bosqichga bo‘lindi. Dastlabki 2 yil davomida olimlar 6000 nafardan ortiq sil mikobakteriyalari bilan kasallangan va Janubiy Afrika Respublikasida yashayotgan sog‘lom o‘smirlarning qon namunalarini tekshirishdi. Natijalarga ko‘ra kasallik 16 ta gen bilan o‘zaro aloqador ekanligi aniqlandi. Shuningdek, tajribalar silning faol holatdagi turi 18 oyda rivojlanishini ham ko‘rsatdi.

Tadqiqotning 2 bosqichida olimlar aniq genetik testni tasdiqlashdi.

Xurshida HUSENOVA

Yana o‘qing:  Saraton kasalligining oldini olish

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: