O‘ZBEKISTON – BAG‘RIKENG DIYOR

I. Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan fotoko‘rgazma shunday nomlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan uyushtirilgan ko‘rgazmaning ochilishida Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida shahar va qishloqlarimiz kun sayin zamonaviy, ko‘rkam qiyofa kasb etib, iqtisodiyotimiz izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi. Qo‘lga kiritilayotgan bunday ulkan yutuq va marralar kino, adabiyot, ommaviy axborot vositalari qatorida fotoasarlarda ham tarixga muhrlanmoqda.

“Bunyodkorlik ishlari, qurilgan zamonaviy inshootlar, madaniyat va san’at”, “Sport sohasida erishilgan yutuqlar” va “Diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan ko‘rgazma bo‘limlariga qo‘yilgan fotoasarlarda istiqlol yillarida bosib o‘tilgan marralar, diyorimizning boy va betakror tabiati, shahar, tuman va qishloqlardagi bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, sport sohasida erishilgan yutuqlar ifodalangan.

– Ko‘rgazmadagi fotoasarlar ta’lim tizimida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari haqida hikoya qiladi, – deydi muzey direktori Maqset Qarliboyev.

Aminboy Ortiqboyev,

O‘zA muxbiri

Yana o‘qing:  OILA MUSTAHKAMLIGIDA MAHALLANING O‘RNI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: