Ruhiy tushkunlik vaqtida kim yordamlashadi?
Ruhiy tushkunlik vaqtida kim yordamlashadi – psixologmi yoki psixiatr? Keling, ushbu mutaxassislar orasidagi farqni ajratib olishga harakat qilib ko‘ramiz.
Psixolog maxsus test-sinovlar yordamida mijozning o‘ziga xosliklarini, ruhan sog‘lom odam fe’l-atvorining individual qirralarini o‘rganadi.
Psixoterapevt ham psixoterapiya usullarini qo‘llagan holda ko‘proq ruhan sog‘lom odamlar bilan ishlaydi. Bundan tashqari, u chegaraviy holatlar (turli nevrozlar) bilan shug‘ullanishga va dori-darmonlar yordamida davolashga haqli.
Psixiatr og‘ir ruhiy buzilishlar – o‘tkir psixozlar, surunkali nevrozlar, og‘ir tushkunliklarni tashxislash va davolash bilan shug‘ullanadi.