MOBIL KLINIKALAR TOPSHIRILDI

Yurtimizda tibbiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, oilalar tinchligi va farovonligi, inson manfaatlarini ta’minlashda muhim omil bo‘layotir.

Bu jarayonda aholining reproduktiv salomatligini muhofazalash, tibbiyotning ilg‘or tajribalarini ommalashtirish va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishning ilg‘or tizimini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ham samarali ishlarni amalga oshirmoqda.

Fondning ko‘chma tibbiy ijtimoiy yordam brigadalari moddiy-texnika bazalarini mustahkamlash hamda ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tayyorlash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan 10 dona “Mersedes-Benz” rusumidagi mobil klinikalar ajratildi.

Mazkur mobil klinikalar “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hududiy filiallari va Tibbiy ijtimoiy markaz ko‘chma tibbiy yordam brigadalari hamda hududlararo tibbiy ijtimoiy yordam brigadasining faoliyatini yanada yaxshilash uchun xizmat qiladi.

Yana o‘qing:  Ruhiy tushkunlik vaqtida kim yordamlashadi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: