BUYUK BOBOLARNING VORISLARIMIZ
So‘ngi besh yilda Shahrisabzga kelmagan odam uning bugungi go‘zalligini ko‘rib tanimasligi, tan bermasligining iloji yo‘q.
Albatta, kundan-kun jannatmonand betakrorlikka ega bo‘layotgan Oqsaroy jahon sayyohlarini o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda. Mana shunday bunyodkorlik ishlari avvalo biz yoshlarning yuragida cheksiz faxr tuyg‘usini uyg‘otadi.
Shu kunlarda buyuk bobomiz Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanmoqda. Turli tadbir va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Shahrisabz tumanida ham “Amir Temur – millatimiz iftixori” nomli ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Amir Temurning ilm-fan, madaniyat va me’morchilik, hunarmandchilik sohalarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi, temuriylar davri madaniy-ma’rifiy me’rosi bugungi kunda ham xalqimizning buyuk boyligi ekanligi xususida so‘z yuritdilar.
Biz mana shunday buyuklarga beshik bo‘lgan bo‘stonning baxtli yoshlarimiz. Shunday ekan ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga, xalqimiz, Yurtboshimiz tomonidan bizga bildirilgan ishonchni oqlashga imkonimiz boricha harakat qilamiz. Zero, biz buyuk yurt farzandlarimiz.
O‘g‘iloy NE’MATOVA