KITOB BAYRAMI

Toshkent shahridagi 270-umumta’lim maktabida 2-aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuniga bag‘ishlab “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” aksiyasi tashkil etildi.

Ota-onalar, mahalla faollari, taniqli ijodkorlar ishtirokida o‘tkazilgan tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

– Kitob – axborotlarni, g‘oya, obraz va bilimlarni saqlash hamda tarqatish, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, estetik qarashlarni shakllantirish vositasi, tarbiyaning ishonchli quroli, – deydi maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari S. Xoliqova. – Bugungi tadbirda ham o‘quvchilar nechog‘li kitobxon ekanini namoyish qildi.

O‘quvchilar qalbida kitobga mehr va hurmat uyg‘otish, ularning dunyoqarashi va estetik didini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu aksiyada “Kitob olami” savdo majmuasi yaqinda nashrdan chiqqan badiiy asarlar savdosini ham tashkil qildi.

Gulasal SAIDOVA

Yana o‘qing:  Orolbo‘yi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududiga aylantirilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: