G‘ALABALAR BARDAVOM BO‘LSIN

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi saralash musobaqalari ikkinchi bosqichi doirasidagi so‘nggi uchrashuvini Bahrayn terma jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Saralash bosqichida qit’amizning qirqta davlati terma jamoalari sakkiz guruhga bo‘lingan holda ishtirok etdi. KXDR, Bahrayn, Filippin va Yaman terma jamoalari bilan “H” guruhidan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi yetti uchrashuvning oltitasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, 18 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab turgan edi.

Terma jamoamiz o‘yin boshidanoq tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. “Bunyodkor” stadionini to‘ldirgan muxlislar olqishi futbolchilarimizga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Ham jismonan, ham taktik jihatdan ustunligini namoyish etgan terma jamoamiz Sardor Rashidovning goli evaziga 1: 0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi 21 ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egallab, 2018 yilgi jahon chempionatining Osiyo qit’asi hal qiluvchi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi. Navbatdagi saralash bahslariga 12 aprel kuni qur’a tashlanadi.

T. ORTIQOVA

Yana o‘qing:  Sohibqiron davrida hunarmandchilik

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: