SAMARADORLIK YO’LIDA

O‘zbekiston mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini tashkil etish hamda ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Bugun bunday tashkilotlar demokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligi hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Adliya vazirligida 8 yanvar kuni “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ularning huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda qator nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatiga olingan nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularning qonuniy asosda yaratib berilgan huquq va majburiyatlari, davlat tomonidan ular faoliyatini rivojlantirish borasida berilayotgan keng imtiyozlar, ularning mamlakatni modernizatsiya qilishdagi rolini mustahkamlash, shuningdek, qonun hujjatlari va Nizom talablariga rioya etilishi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi. Bundan tashqari-nodavlat notijorat tashkilotlarining amaldagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishlari bo‘yicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Bu borada qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim tashkilotlarning qanday xatoliklarga duch kelganliklari nodavlat-notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga solishda qabul qilingan qonunlar asosida aytib o‘tildi. Shuningdek ularga tegishli choralar ko‘rilganligi va bunday qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmasligi uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida Respublika Adliya vazirligi axborot berdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Mayna HASANOVA

Yana o‘qing:  YILLAR, VOQEALAR, ISLOHOTLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: