MAKTABDA “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”

Poytaxtimizdagi 61-umumta’lim maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Mazkur tadbirda maktabning sobiq bitiruvchilari, faxriy o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Tadbirda Yashnobod tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi A. Idrisova so‘zga chiqib yig‘ilganlarni bugungi ma’naviy-ma’rifiy kun bilan qutlab, faol va faxriy o‘qituvchilaridan bir guruhiga tuman hokimining faxriy yorliq larini topshirdi. Shuningdek, sobiq bitiruvchilar so‘zga chiqib o‘zlarining o‘quvchilik yillarini xotirlab, ustozlarga cheksiz minnatdorchilik bildirishdi.

Maktabda an’anaga aylangan “Ochiq eshiklar kuni”da o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan bayram dasturi, ular ijrosidagi go‘zal kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar barcha ishtirokchilarga cheksiz quvonch ulashdi.

Barno ORIPOVA

Yana o‘qing:  Muruvvat yuklari egalariga topshirildi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: