ADABIYOT – ma’naviyat ko‘zgusi
Toshkent shahar Mirobod tumani 328-umumta’lim maktabida “Kitobni sev, uni ardoqla” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda tuman umumta’lim maktabi o‘quvchilari, ota-onalar, mahalla faollari, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi jamoat kengashi” a’zolari ishtirok etdi. Maktab o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan kuy, qo‘shiq, she’r va sahna ko‘rinishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarda kitob va badiiy adabiyotga mehr-muhabbat uyg‘otishdir.
S. YUSUPOV