ShIFOKORGA KO‘MAKCHI

Bugungi kunda hayotimizning hech bir jabhasini texnika vositalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Barcha sohalarda bo‘lgani kabi tibbiyotda ham zamonaviy texnologiya vositalari shifokorlarning yaqin ko‘makchisiga aylanib ulgurdi.

Okean orti olimlari tomonidan yaqinda yana bir kashfiyotga qo‘l urildi. Yangi kashfiyot bo‘lmish nanobotlar muvaffaqiyatli tarzda sinovdan o‘tkazildi. Nanobotlarning asosiy vazifasi inson ichki a’zolarining holatini shifokorga yetkazishdan iboratdir. Buning uchun bemor nanobotlarni yutib yuboradi. Nanobotlar o‘z vazifasini bajarib bo‘lgandan so‘ng me’da shirasida bezarar erib ketadi.

Sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar davomida nanobotlar me’daga tushish jarayonida hech bir ichki a’zoga shikast yetkazmagan holda butunlay xavfsiz vosita ekanini isbotladi. Ichki organlar holati, shikastlanish mavjud bo‘lgan a’zolar haqida shifokorga aniq ma’lumot berish bilan birga oshqozonga dorilarni olib tushishda ham samaradorligini ko‘rsatdi.

F. TOLIPOV

Yana o‘qing:  Ranglar uyg‘unligi libosni yanada ko‘rkam qiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: