Ranglar uyg‘unligi libosni yanada ko‘rkam qiladi
Bahor turfa ranglarning ajib tarovati bilan farahbaxshdir. Bu faslda har bir ayol zerikkan qishki kiyimlardan voz kechib tezroq yorqin ranglardagi liboslarni kiyishga intiladi. Qizil, sariq, pushti…
Ammo tanlanayotgan liboslarimizning ranglari bir-biriga mos bo‘lmog‘i lozim. Tavsiya qilinayotgan quyidagi ma’lumotlar bu borada sizga ko‘makchi bo‘ladi.
Bir rangning turli xil tuslari bir-biriga mos keladi. Misol uchun, ko‘k rangning havorang bilan, siyohrang nafarmon rang bilan mos keladi. Yorqin ranglar bir-biriga mutanosib tushmaydi. Bu kishi ko‘zini tez toliqtirib qo‘yadi. Yorqin rangga moslab odmiroq ranglarni tanlagan ma’qul.
Shuni unutmangki, to‘q rangli liboslar unchalik bir-biriga mos kelmaydi. Siyohrang bilan yashil yoki qizil, olovrang esa sariq bilan mos kelmaydi.
Qanday ranglar bir biriga mos keladi?
Ranglarning peshqadami oq har qanday rang bilan uyg‘un bo‘la oladi.
Qora esa aksincha ko‘proq och ranglar bilan mos tushadi.
Novvot rang esa barcha ranglar bilan uyg‘unlashib ketadi. Shaftoli, tilla, siyohrang, malina ranglar zamonaviy va ko‘rkam uslubni hosil qiladi. Bunda siz yanada ko‘rkam va maftunkor bo‘lib ko‘rinasiz. Novvot rangining yana bir xususiyati u kishining qomatidagi nuqsonlarni yashiradi.
Havorang insonni tinchlantiradigan xususiyatga ega. Shu sabab ushbu rang sariq, olovrang, shaftoli va feruza ranglar bilan o‘ziga xos uslubni yarata oladi.
Ko‘zga tez tashlanadigan ayollarning sevimli ranggi hisoblansada u kishi ko‘zini tez toliqtirib qo‘yadi. Bu “qaysar” rang ham sherik tanlashda anchagina “talabchan”. Qizil bilan yaxshi kelishadigan ranglar qora, ko‘k, sariq yashildir.
Olovrangga siyoh, ko‘k, yashil ranglarni moslashtiring. Sariq uchun esa qora, ko‘k, yashil, qizil ranglar uyg‘undir.
Yashil ta’sirga ega ranglardan biri sanaladi. Bu rang bilan jigarrang, olovrang, sariq, och yashil ranglar hamohang. So‘nggi paytlarda keng tarqalgan feruza rang uchun havorang, yashil, jigarrang, kumushrang, olovrang hamda binafsha rang to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislar va zamonaviy uslubchilarning ta’kidlashicha libos kishining xarakterini ochib berishda va uning muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shunday ekan o‘z uslubingizga bee’tibor bo‘lmang.
GULI NOZ tayyorladi