Onamga maktub

Mening onajonim – siz dunyodagi barcha onajonlar kabi mehribonsiz. Bilaman xayollaringiz, orzu-umidlaringiz doimo biz – farzandlar bilan. Erta tongdan nonushta tayyorlab dadajonimni ishga, bizni maktabga, bog‘chaga kuzatasiz. Shirin ovqatlar tayyorlab, uyga qaytishimizni kutasiz. Uyimiz doim sarishta. Ust-boshimiz doim toza-ozoda. Ukalarimga allalar aytganingizni ko‘p bor eshitganman.

Bizni doimo odobli bo‘lishga, katta-yu kichikka hurmat bilan muomala qilishga o‘rgatasiz. Doimo ustozlarimizning gaplarini qunt bilan eshitishimiz, kitoblar o‘qib, til o‘rganishimiz bizga yordam berasiz. Onajonim siz hamisha: “Yaxshi o‘qinglar, odobli, ilmli bo‘lsangiz, mehnatdan qochmasangiz albatta baxtli, sog‘lom bo‘lib, bizga rahmat keltirasiz. Yurtimizga xizmat qiladigan inson bo‘lib katta bo‘lasizlar”, – deb aytasiz.

Men ham doimo uy ishlarida sizga yordam berishga harakat qilaman. Katta bo‘lsam, sizday mehribon ona bo‘lishni istayman.

Onajonim! O‘lkamizga bahor keldi. Bahor fasllarning eng go‘zali. Bahorda tabiat uyg‘onadi. Daraxtlar gullaydi. Atrof go‘zallikka burkanadi. Shu go‘zalliklarning barchasi tabiatni siz onajonlarga sovg‘asi deb o‘ylayman. Chunki, bahorning ilk kunlarida xalqaro xotin-qizlar bayrami nishonlanadi. Onasini yaxshi ko‘radigan barcha bolalar qatori men ham bugun mehridaryoginam – Sizni 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin dildan tabriklayman!

Onajon! Baxtimizga hamisha sog‘-omon bo‘ling! Sizni juda-juda yaxshi ko‘ramiz!

Parvina RASULOVA, Buxoro shahridagi 35-maktabning 5-sinf o‘quvchisi

Yana o‘qing:  SERVITAMIN TAOMNOMA bola immunitetini oshiradi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: