Mirjalol Qosimov: “2013 YIL O‘ZBEKISTON FUTBOLI UCHUN OMADLI KELSIN!”

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov yurtdoshlarimizni yangi – 2013 yil bilan muborakbod etadi.

– Kirib kelgan 2013 yil barcha yurtdoshlarimiz uchun omadli yil bo‘lsin. Ortda qolgan yilda erisha olmagan marralarni yangisida zabt etish va yangidan-yangi cho‘qqilarni egallashlarini tilab qolaman. “Obod turmush yili” Sizlarga yangi quvonch, baxt va shodlik olib kelishini, omad yor bo‘lishini tilayman!

2013 yilda O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari va yetakchi klublarini xalqaro maydonlarda jiddiy uchrashuvlar kutib turibdi. Milliy termamiz Braziliya-2014 yo‘lida juda muxim bo‘lgan bahslarni o‘tkazadi. Shuningdek, 2015 yilgi Osiyo chempionatiga yo‘llanma beruvchi saralash uchrashuvlarini boshlaydi. Yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz jahon chempionatida ishtirok etishadi. Uchta yetakchi klubimiz – “Bunyodkor”, “Paxtakor” va “Lokomotiv” esa qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri – Osiyo Chempionlar ligasi turnirida qatnashishadi.

Niyatim shuki, barcha musobaqalar O‘zbekiston vakillari uchun muvaffaqiyatli kelib, xalqimiz ishonchini oqlagan holda yurtimiz sha’nini xalqaro arenalarda munosib himoya qilish barchamizga nasib etsin, – deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov.

Yana o‘qing:  BOLALARIMIZ TARBIYASI ISHONCHLI QO‘LLARDA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: