TOVUQ VA O‘RDAK JO‘JALARI

Bir kishi kurk tovug‘ini aldadi. Tovuqning tuxumi shirinroq bo‘lgani uchun uni olib qo‘yib o‘rniga o‘rdak tuxumlarini qo‘ydi. Kurk tovuq bilmasdan o‘rdak tuxumlarini bosib yotardi. Nihoyat, u ochib chiqdi. O‘rdak bolalari tabiatiga ko‘ra o‘zini soydagi suvga urdi. Tovuq bechora qaqalab o‘zini qo‘yarga joy topolmay suvga sho‘ng‘ishga majbur bo‘ldi va oqib ketdi.

Hissa: Kichkina foydani ko‘zlab qilingan qing‘ir ish orqali kattasidan ayrilib qolish mumkin.

OLTIN TOPIB OLGAN SHOGIRD

Bir shogird bola ustozining oldiga ketayotib oltin topib olgan edi. Ustozi uning oltin topib olganini sezibdi va qo‘yningdagi tillani uloqtir bo'lmasa maqsading hosil bo‘lmaydi, debdi. Shogird hayron qolib: “Ustoz, qanday karomatgo‘y kishisiz?!” deb hayratga tushibdi. Ustozi esa “Buni karomat bilan emas, farosat bilan bildim” debdi va uning oltin topib olganining alomatlarini so‘zlabdi: “Men bilan betakalluf so‘zlashding. Avvalgi muomalangni qilmading. Yuzing yorqinroq rangga kiribdi. So‘zingda ancha dadillik bor. Ko‘zingdagi xotirjamlik yo‘qolibdi. Yuraging tez-tez bexalovat urmoqda, bu gapirishingda ayon bo‘lib turibdi. Yuzingda o'ktamlik, kibr va ra`nolik paydo bo‘libdi. Manglaying, yonoqlaring qizaribdi. O'tirayotganda poygakka emas to‘rga chiqib ketding. Ana shulardan bildim”.

Hissa: Ko'p narsalarni izi va alomatiga qarab, farosat orqali ham bilsa bo'ladi.

SH.JABBOROV

Яна ўқинг:  Атлетларимиз ўсмирлар олимпиадасида қатнашади

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: