ShOIRANI YOD ETIB

Atoqli shoiramiz Zulfiyaxonim tavalludi munosabati bilan joylarda ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan uning haykali qad rostlagan maydonda ziyolilar, Zulfiya mukofoti sovrindorlari, mutasaddi tashkilot a’zolari hamda ijodkorlar ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Zulfiyaxonimning hayot yo‘li, uning ijodi, o‘zbek she’riyatiga qo‘shgan hissasi haqida fikr yuritdi.

Bundan tashqari tadbirda ishtirok etgan har bir ishtirokchi shoira ijodidan namunalar o‘qishdi, mushoira esa san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlariga ulandi.

Aytish joizki, bunday madaniy tadbirlarning o‘tkazilishi xalqimiz obod turmushining amaliy ifodasidir.

Tadbir so‘ngida shoira haykali poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

J. SA’DULLAYEV

Yana o‘qing:  FAXRIYLAR FAXRIMIZ

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: