KO‘KATLAR – AQL-IDROK QUVVATI

Amerikalik diyetologlar 27 yil davomida 13 ming kishi ustida kuzatuv olib borishdi. Tadqiqotdan maqsad parhez va aqliy faoliyatning bir-biriga bog‘liqligini o‘rganish edi.

Kishilardagi diqqat-e’tibor, fahm-farosat tezkorligi va eslab qolish salohiyatlari ko‘zda tutilgan holda test o‘tkazilgan edi. Aniqlanishicha, miya uchun eng yaxshi “ozuqa” bu – ko‘katlar va karam ekan. Aynan ushbu ne’matlar tarkibida vitaminlar, antioksidantlar va foliy kislota ko‘p bo‘lib, bu xotiraning pasayishi va Alsgeymer (parishonxotirlik) xastaligi rivojlanishining oldini olishda benazir vositalardan hisoblanadi. Zero, tabiblarning tabibi bo‘lgan Abu Ali ibn Sino dasturxonda ko‘katlar bo‘lishining serhikmat ekanligini moziydayoq uqtirganligi bejiz emas.

Elmira MAHMUDOVA,

Mirobod sanoat kolleji o‘qituvchisi

Yana o‘qing:  Qovun yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: