ULUG‘ SIYMOLAR YOD ETILDI
Poytaxtimizning Yunusobod tumanida joylashgan 302-sonli umumta’lim maktabida “Ajdodlarni yod etib” deb nomlangan adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir buyuk mutafakkir bobolarimiz, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 575 hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 533 yilligiga bag‘ishlandi.
Anjumanda O‘zbek Milliy Akademik drama teatrining bir guruh aktyorlari, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi mutaxassislari ishtirok etdi. O‘zbekiston xalq artistlari Yo. Ahmedov hamda Yo. Sa’diyev ikki ulug‘ shoirning g‘azallarini ifodali o‘qib berdi. Yosh aktyorlardan N. Anorboyeva va T. Mo‘minovlar “Alisher Navoiy” spektaklidan parcha ijro etishdi.
M. QURBONOVA