Fond faoliyatidan

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan “Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘lur” nomli grant loyihasi asosida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondiga qarashli Tibbiy-ijtimoiy markaz bir qator xayriya aksiyalari va ijtimoiy loyihalarni hayotga tatbiq etib kelmoqda.

Tibbiy-ijtimoiy markaz mutaxassislari tomonidan Toshkent shahridagi 42 ta mahallada o‘tkazilgan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikda 2 ming 650 nafar aholi qamrab olindi. Tibbiy tekshiruvlar davomida turli xastaliklar aniqlangan fuqarolarga tibbiy maslahatlar va tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berildi. Tibbiy ko‘rik davomida 1 ming 230 ta ultratovush tekshiruvi, 738 ta EKG tekshiruvi va 476 ta umumiy qon tahlili tekshiruvi o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholining tibbiy madaniyatini oshirish maqsadida 103 ta ma’ruza tashkil etildi va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi bukletlar tarqatildi.

Adhamjon USMONOV,

Tibbiy-ijtimoiy markaz rahbari

Yana o‘qing:  Endi dorixonada tovar chekini berish imkoni bo‘lmasa, tovar cheklari kitobi yuritiladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: