QISH HAQIDA ANTIQA INSHO (hikoya)

Aziz ikki kunki, qish haqida insho yozish bilan band. Ikki kundan beri yozgani atigi birgina qator: “Qor yog‘ib, daraxtlar va yerlar oppoq libosga burkandi…”

Ustoz doim bir so‘z bilan sizni mot qiladi. Ustozga voqea kerak, voqeada esa ma’no bo‘lsin, kishini o‘ylantirsin…

Vazifa berilgan kuni xayolida “shu ham insho bo‘libdimi”, deya yigitcha o‘yga botgan, qani yozolsa. Na voqea, na qor, na yomg‘ir va na sovuqdan darak bor. O‘yining boshi, oxiri ko‘rinmaydi. O‘tgan yilgi qishda chanasi bilan qirdan dumalab ketgan sinfdoshini esladi-da, voqeani boshqacha tasvirlamoqchi bo‘ldi-yu, quvonganidan stolning tortmasini titkilab yangi ruchka qidira boshladi. Ana ruchka ham topildi. Aziz qoralama daftariga yoza boshladi.

Mana, konki uchib borayotgan bir bola sirpanib, qiyalikdan pastga tomon ag‘anab ketdi. Do‘stlari esa uni payqamay qolishdi. Endi nima bo‘ladi? Peshindan keyin chiqish kerak emas edi, o‘zi. Hali zamon qorong‘i bostirib kelsa… yuragi orqaga tortdi.

Odatda ertaklarda qish kunlari och bo‘rilar ovga chiqadi. Bu yer shahardan tashqari joylar bo‘lgach, qorong‘i tushishi bilan hamma uy-uyiga kirib ketadi. Sovuqda, ko‘chada odamlar nima ham qilardi. Ana shunda mo‘jiza sodir bo‘ladi. Olg‘a ketgan bolalardan bittasi, masalan, Abdukarim. U juda ham hushyor bola. “Biz hali, boshida o‘nta edik, hozir kimdir yo‘qqa o‘xshayapti”, deydi u.

Kim yo‘q, kim yo‘q, deb bir sidra hammalari bir-birini yo‘qlashadi. “Nodir yo‘q-ku!” deb qichqirib yuborishadi bolalar. Shundan keyin ular orqalariga qaytib, qiyaliklarni diqqat bilan ko‘zdan kechirdilar. Pastda, huv ana, qari archaga suyanganicha birov yotibdi. Bu, albatta, Nodir bo‘lishi tayin. Undan boshqa kim ham bo‘lardi. Bolalar konkilarida “g‘uvillashib” pastga sho‘ng‘iydilar. Nodirning o‘ng oyog‘i qattiq lat yegan ekan. U yurolmasdi. Qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, amallab yetib kelishdi. Nodirning onasi, buvisi avvalo uni ehtiyotsizlikda ayblab rosa koyishdi. Keyin, omon kelishganiga shukr qilib, bolalarni alqay ketishdi. Shunda Aziz, yaxshiyam yetib keldik, bo‘lmasam qashqirlar hujumiga uchrarmidik, degandi Nodirning buvisi uni quchoqlab, voy hazilkash bolam-ey, deb kulib yubordi.

– Rostdan ham qashqirlar yo‘qmi?

– Ey, bolajonlar, qashqir, tulki deganing hozir otliqqa yo‘q, hali-ku sizlar. Bo‘rilar bu yerlarga kelmaydigan bo‘lishgan, uzoq-uzoqlarga bosh olib ketishgan. Lekin sizlardan juda xursandman, baraka topinglar, bolalarim. Qani uyga kiringlar, sizlarni bir mehmon qilay, o‘zim, dedi buvi bolalarni erkalab.

– Endi uyga boraylik, kutib qolishgandir, – deb bolalar uy-uylariga tarqalishdi.

Shunday qilib, Aziz qish haqidagi inshosini u yoq bu yog‘ini to‘g‘rilab, oqqa ko‘chirishga kirishganida qulog‘iga qandaydir uvillashga o‘xshash ovoz eshitildi. Nahotki qashqirlar?! Tashqarida esa shamol uvillay boshlagan, go‘yo kechikkan qish: “Mana, men keldim, chiqmaysanmi endi?”, deya do‘q qilayotganga o‘xshardi. Ha, mana buni qish desa bo‘ladi.

 

Yana o‘qing:  Amir Temur va folbin qissasi

Ra’no RAHMONBERDI qizi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: