KICHKINTOYNING IDISHLARI

Biz kundalik turmushda turli xil buyumlar, gigiyenik vositalardan doimiy ravishda foydalanamiz. Bolajon ovqatlanishi uchun alohida idish-tovoqlar kerakmi? Ularni qanday tozalash maqsadga muvofiq?

Bu kabi savollar bilan ota-onalar tez-tez bolalar shifokorlariga murojaat qilib turishadi. Quyida mazkur savollarga shifokor tavsiyasi asosida javob olishingiz mumkin.

Silikon qoshiq go‘dakning 1 oyligidan boshlab ishlatiladi. Qoshiqdan faqat ovqatlantirish maqsadida emas balki, suyuq dori, o‘tlardan tayyorlangan damlama yoki oz miqdordagi suv ichirishda foydalaniladi. Ushbu qoshiqlarning o‘ziga xosligi shundaki, uning shakli kichik bo‘lib foydalanishda noqulaylik tug‘dirmaydi. Metall qoshiqlardan foydalanganda ehtiyot bo‘lish darkor, u kutilmaganda bolajonning og‘iz bo‘shlig‘iga jarohat yetkazishi hech gap emas.

Bola qo‘shimcha ovqatlanish yoshiga yetgach ya’ni, 6 oylikdan boshlab likobchadan foydalanishiga zarurat tug‘iladi. Go‘dak idish bilan qiziqib, uni ko‘tarishi yoki itarib yuborishini inobatga olgan holda hozirgi vaqtda stolga o‘rnatish va qayta olish uchun mo‘ljallangan likoblar ishlab chiqarilgan. Bu buyum maxsus rezina yordamida stolga biriktiriladi. Uni bola itarib yuborolmaydi. Ushbu idish bola xavfsizligi uchun juda qulay sanaladi.

Idishlarni sotib olishda maxsus do‘konlar yoki dorixonalarga murojaat qilganingiz ma’qul. Bu yerda sotiladigan mahsulotlar sifat sertifikatlariga ega bo‘ladi. Idishning tashqi va ichki holati yaxshi bo‘lishi, unda turli yoriqlar bo‘lmasligi, yuzasi esa silliq bo‘lishi zarur. Go‘dak uchun eng xavfsiz idish plastikdan yasalgan turi sanaladi. Plastik esa albatta, sifatli bo‘lishi darkor. Undan yasalgan idishga issiqlikka chidamlilik darajasi, albatta, yozilgan bo‘lishi shart. Chunki, sifatsiz plastik qizdirilganda o‘zidan zaharli (toksik) moddalar ajratadi. Eng asosiysi bola ovqatlanganda zavq bilan ovqatlanishi, idishda turli xil bezaklar mavjud bo‘lishi maqsadga muvofiq. Agar idishga rasm tushirilgan bo‘lsa, e’tiborli bo‘lish zarur. Rasmdagi bo‘yoq ovqat solinganda yoki idish yuvilganda rangi chiqmasligi kerak.

Bolalar idishining tozaligi kichkintoy sog‘lig‘i bilan bevosita bog‘liq sanaladi. Bolaning idishlarini aynan bir kishi tozalagani maqsadga muvofiq. Bolaning finjon, qoshiq, likobchasidan kattalarning foydalanishi mumkin emas. Chunki, katta yoshdagi kishilarning og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘plab bakteriyalar mavjud bo‘lib, bu esa kichkintoy uchun juda xavfli. Bolalar idishini kimyoviy tozalash vositalarisiz yuvish lozim. Bunda idishlari uchun mo‘ljallangan maxsus geldan foydalanish mumkin. Bu moddalar idishlarni tozalash jarayonida yuvilib ketadi va bola uchun hech qanday zararli modda qolmaydi. Idishlarni quritishda uning ustini doka bilan yopib quriting.

Yana o‘qing:  QATRALAR

 

Xurshida HUSENOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: