CHANALAR UCHAMIZ SHODLANIB

Orombaxsh qishki ta‘til boshlanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Oppoq qorlar qo‘yniga burkanib olgan daraxtlarning shukuhi ko‘zni quvontiradi. Tepalikda biz maza qilib o‘ynaydigan muz orolchamiz qo‘yni chanalar bilan gavjum. Kimning chanasi uchqur yoki kim marraga birinchi bo‘lib yetib keladi bellashuvlari allaqachon boshlanib ketgan. G‘olib ukamning yuz-ko‘zlari to‘la sevinchi mening ham dilimga ko‘chadi. Kechga tomon ingliz tili to‘garagimga shoshaman. Ustozimiz talabchan, bilim olishimiz uchun vaqtlarini ayamaydilar, ta`til paytida ham kunora mashg‘ulot o‘tayapti. Qo‘limizga ingliz tilidagi ertak kitoblarni tutqazib nutqimizni tekshiradi. Bir jihatdan shunisi ham yaxshi, axir ular bizning foydamizni ko‘zlayapti-da. Shanba kuni “Aladdin” bolalar te`atri tomoshalariga, yakshanbada esa Alisher Navoiy nomidagi kinote‘atrga boramiz. Yaxshi o‘qiganimiz uchun dadajonim bizga chiptalar olib bergan. Rostini aytsam, qishki ta`til yaxshiyu ammo issiq yoz ta`tili undan ham yaxshida.

Nilufar MAQSADALIYEVA,

Chilonzor tumanidagi 281-maktabning 9-sinf o‘quvchisi.

Yana o‘qing:  Kichkintoyning sevimli mashg‘uloti. Uni orzularidan mosuvo qilmang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: