BARHAYOT ILMIY MEROS

Mamlakatimizda dunyo tibbiyotiga ulkan hissa qo‘shgan tabib, olim va faylasuf Abu Ali ibn Sinoning bashariyatga qoldirgan boy madaniy merosi chuqur o‘rganilmoqda va keng targ‘ib etilmoqda.

Uning ma’naviy-ma’rifiy merosi asosida vatandoshlarimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalash, bu umumbashariy merosdan dunyo ommasini xabardor etish, insonparvarlik xayriya ishlarini amalga oshirish va sog‘liqni saqlash tizimi islohotida faol ishtirok etish maqsadida 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi asosida Ibn Sino jamoat fondi tashkil etildi.

Mazkur fond nafaqat mamlakatimiz, balki boshqa davlatlarda ham turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlarini o‘tkazish tashabbuskori va tashkilotchisi bo‘lib kelmoqda.

Ibn Sino muzeyini barpo etish, uning tibbiy va ilmiy-amaliy merosiga oid tadqiqotlar olib borishga, xususan, olimlarning bu boradagi ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish va muvofiqlashtirish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Tibbiyot va dorishunoslik sohasidagi eng yaxshi ishlari uchun Ibn Sino nomidagi mukofotning ta’sis etilishi ham ushbu yo‘nalishga jiddiy e’tibor qaratilayotganining namunasidir.

Chet el olimlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilib, allomaning ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi. Mamlakatimizning barcha viloyatlarida va xorijiy davlatlarda jamg‘arma bo‘linmalari tashkil etilib, buyuk vatandoshimiz tavallud topgan zamin – Buxoroda har yili Ibn Sino xalqaro o‘qishlari o‘tkazilmoqda.

Tabobat sultoni o‘z ilmiy faoliyati davomida 450 dan ortiq traktat (ilmiy risola)lar yaratgan. Asarlarining aksariyat qismi tibbiyot va falsafaga tegishli bo‘lgani bilan allomaning mantiq, fizika, kimyo, matematika, koinot, hamda musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohasidagi xizmatlarini ham e’tirof etish lozim.

2011–2013 yillar davomida “Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi va Ibn Sino” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminari, “Buyuk olimlar falsafasi, Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi va zamonaviy gerontologiya” ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Ibn Sino mening tasavvurimda” mavzusidagi yoshlar badiiy ko‘rgazmalari o‘tkazildi. Uning doirasida “Ibn Sino ta’limoti va zamonaviy tibbiyot” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

2013 yili tashkil etilgan Ibn Sino o‘qishlarida yurtimizning 160 nafarga yaqin olimlari, shuningdek Turkiya, Isroil, Ukraina, Rossiya, Indoneziya, Koreya va Eron kabi davlatlardan soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur fond tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda YUNYeSKO xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi hamkorligida Termiz shahrida bo‘lib o‘tgan “Ibn Sino merosi va zamonaviy tibbiyot taraqqiyoti” deb nomlangan ilmiy-amaliy seminarda mamlakatimizdagi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmalari vakillari, olimlar hamda mutaxassislar ishtirok etishdi.

Yana o‘qing:  HURLIK RAMZI

Fond YUNYeSKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda Buxoro shahrida 2015 yil 20-21 noyabr kunlari “Ibn Sino ilmiy merosi va zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusida VIII xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Istanbul Baxcheshexer universiteti va Turkiyaning “LIV Hospital” xalqaro klinikasi bilan o‘zaro xalqaro hamkorlik memorandumlari tuzilib, imzolandi.

VIII xalqaro Ibn Sino o‘qishlari o‘tkazilish jarayonida Ibn Sino jamoat fondi faol harakatlari uchun Fransiya tibbiyot akademiyasi tomonidan medal, Istanbul Baxchishexer universiteti, “LIV Hospital” klinikasi, Turkiya xalqaro hamkorlik agentligi (TIKA) va Isroil Sharq-Xitoy tabobat markazining sertifikatlari bilan taqdirlandi.

Bugungi kunda Hindiston Ibn Sino akademiyasi bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha shartnoma rejalari tuzilmoqda va imzolangan to‘rtta xalqaro hamkorlik memorandumlar asosida ishlar rejalashtirilmoqda.

Nozimxon MAHMUDOV,

Ibn Sino jamoat fondi boshqaruvi raisi o‘rinbosari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: