ODDIY NOUTBUK EKRANINI SENSORGA AYLANTIRISH MUMKIN

Shvetsiyaning Neonode kompaniyasi foydali “AirBar” aksessuarini taqdim etdi. U deyarli istalgan noutbukning ekraniga sensor imkoniyatlarini taqdim eta oladi.

Mazkur qurilma magnitlar yordamida ekranning pastki qismiga biriktiriladigan ingichka bilaguzukdan iborat. Gadjet noutbukning USB-portiga ulanadi va uning displeyiga ko‘rinmas nurlarni jo‘natib turadi. Bu ko‘rinmas nurlar foydalanuvchining qo‘l harakatlarini kuzatish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchilar, qurilma hech qanday qo‘shimcha drayverlarsiz “Windows” va “ChromeOS” platformalarida ishlay olishini ta’kidlashmoqda. U qo‘l barmoqlaridan tashqari, qalam yoki ekranga tekkizilgan istalgan boshqa buyumning harakatlarini birdek ilg‘ay oladi.

Gulnoza EGAMBERDIYEVA

Yana o‘qing:  Fond faoliyatidan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: