SALOMATLIGIMIZ UCHUN ISHONCHLI HAMKOR
Ma’lumki, biz nafas oladigan havo tarkibida salomatligimiz uchun zararli bo‘lgan viruslar ham yashaydi. Ayniqsa, havo haroratining bir zumda keskin o‘zgarib ketishi natijasida gripp yoki O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiyalar) epidemiyasi tarqalib ketishi kuzatiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ota-onalar uchun ishonchli yordamchi, albatta. Farzandini tarbiyachilarga topshirgan ota-ona kun davomida o‘z ish faoliyati bilan mashg‘ul bo‘ladi. Ammo shu bilan birga sir emaski, ba’zan bolalar orasida infeksion xastaliklar bir-biriga yuqishi mumkin. Butunlay sog‘lom bolangiz negadir tez-tez og‘rib qolayotgani sizni bezovta qila boshlaydi. Bunga sabab mikroorganizmlarning bolalar jamoasida bir-biriga tez yuqishiga sharoit borligidir. Bemor bola o‘ynagan o‘yinchoqni sog‘lom bola ham qo‘liga ushlaydi. Ba’zan ular o‘yinchoqlarini og‘ziga soladilar. Natijada gripp, O‘RVI, A gepatiti (sariq kasalligi), sil, diareya (ichketar) kabi yuqumli kasalliklarning bakteriyalari sog‘lom bolaga yuqishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalarning organizmi nozik va turli xastaliklarga chalinuvchan bo‘ladi.
Farzandlarimizning salomatligini asrash uchun doimiy ravishda xonalarning ozodaligini saqlash bilan birga havoni ham tozalab turish zarur. Bunda bizga “MAGNUM MEDIKAL SERVIS” MCHJ ishlab chiqarayotgan “Kvars-4m”, “Kvars-5m” havoni bakteriyalardan tozalovchi retsirkulyator qo‘l keladi.
– Bir kuni yaqin do‘stim farzandining salomatligidan xavotir olib, uning tez-tez gripp bo‘lib qolayotganidan shikoyat qilib qoldi. Shunda yana bir og‘aynimiz Rossiyada bo‘lib o‘tgan tibbiy ko‘rgazmadagi taassurotlarini so‘zlab berdi. Doimiy ravishda havoni bakteriyalardan tozalab turadigan retsirkulyator tibbiy uskunasi haqida so‘z ketganda, uni yurtimizda ishlab chiqarish haqida o‘ylab qoldim. Va mutaxassislar bilan birgalikda uning yaratilish texnikasini o‘rganib, har tomonlama qulay bo‘lgan ushbu uskunani ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik. Respublika Onkologiya ilmiy markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi, Respublika ixtisoslashgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti, Endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi va boshqa tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz, – deydi “MAGNUM MEDIKAL SERVIS” MCHJ rahbari Otabek Jiyanboyev.
2007 yilda o‘z ish faoliyatini boshlagan mazkur tashkilot qator tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarayotganligi bilan ko‘pchilikka tanish.
Ushbu jamoa tibbiyotning turli yo‘nalishlarida ishlatiladigan zarur texnik hamda dori-darmonlar saqlanadigan mebel mahsulotlari, shuningdek, ultratovush uskunalari, kushetka (ustiga charm qoplangan karavot), elektron tibbiy va savdo-sotiq uchun qo‘llaniladigan tarozilar, nogironlar aravachalarini ishlab chiqarishmoqda.
Ular yangi turdagi “Kvars-4M”, “Kvars-5M” retsirkulyatorining bitta yoki ikkita lampali, devorga o‘rnatiladigan hamda bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib qo‘yish mumkin bo‘lgan turlarini ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Ushbu tibbiy uskuna bemor aksirganda yoki yo‘talganda atrofga tarqaladigan bakteriyalarni 50 metr (M2) kvadrat masofagacha tozalash kuchiga ega. U o‘ziga havoni tortib, tozalab chiqaradi. Va xastalanishni 71 foiz, kasallik davomiyligini 52 foizgacha kamaytiradi.
Albatta, profilaktik tadbirlar har bir faslda zarur hisoblanadi. Tibbiyot xodimlari bemorlar uchun o‘z vaqtida dori-darmon, vitaminlar qabul qilish bilan birga xonani tez-tez shamollatish, ko‘pchilikning bir joyga yig‘ilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’kidlashadi. Biz nafas olayotgan havo tarkibidagi viruslarga qarshi yangi, yuqori samarali uskunadan foydalanishni tavsiya etishadi. Tajribalarga asoslanib aytish lozimki, ushbu bakteriyalarga qiron keltiruvchi uskunani maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, shifoxona, jamoat joylari, xususiy xonadonlar, umumiy ovqatlanish muassasalari hamda ko‘pchilik yig‘iladigan joylarda qo‘llash mumkin.
Shu paytgacha ko‘pincha shifoxonalarning jonlantirish bo‘limlarida bu turdagi uskuna ishlatilgan. Endilikdagi “Kvars-4M” hamda “Kvars-5M” tibbiy uskunasi tibbiyotning turli yo‘nalishlarida keng miqyosda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Terapiyada yuqori nafas yo‘llari yallig‘lanishida, jarrohlik bo‘limida, kuyish, yiringli yaralar, sovuq urishi kabi xastaliklarda qo‘llaniladi. Stomatologiyada esa murakkab stomatit hamda parodontoz kasalliklarini davolashda yordam beradi. Ba’zan shifobaxsh ko‘k lampa vazifasini ham bajarishi mumkin. Undan taralayotgan davolovchi nur GRIPP, O‘RVIning o‘tkir holatlari va asoratlarini bartaraf etishda qo‘l keladi. Boshqa yuqumli xastaliklarning keng tarqalish davrida ultrabinafsha nurlari orqali havodagi virus va bakteriyalarga qiron keltiruvchi ushbu tibbiy uskuna barcha uchun qulay.
Salomatligingiz posboni bo‘lgan “Kvars” uskunasi kun davomida ishlaydi va 24 soat siz uchun xonadagi mikroiqlimni mo‘tadillashtiradi.
O‘tgan yili poytaxtimizdagi 294-, 147-, 223-, 221-, 205-umumta’lim, 357-ixtisoslashtirilgan maktablarga, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi, 3-sonli oilaviy hamda 4-sonli bolalar stomatologiya poliklinikalari va boshqa tashkilotlarga “Kvars-4M” universal tibbiy uskunalari yordam tariqasida topshirildi. Ushbu tashkilotlar mazkur uskunadan bakteriyalarni bartaraf etishda samarali foydalanishmoqda.
– O‘tgan yilda “MAGNUM MEDIKAL SERVIS” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Kvars-4M”, “Kvars-5M” nurlantiruvchi retserkulyator homiylik yordamida bizning muassasamizga ham taqdim etilgan edi. Mazkur nurlantiruvchi uskuna biz uchun yil davomida turli bakteriyalarga qarshi kurashda ishonchli hamkorga aylangan, desak adashmaymiz. Bunday retserkulyatorlarni umumta’lim maktab, maktabgacha muassasalarida, xonadonlarda ham qo‘llanilsa havo nafas yo‘llari orqali yuqadigan infeksion kasalliklarning oldini olgan, ularning kamayishiga sharoit yaratgan bo‘lamiz, – deydi poytaxtimizdagi 484-MTM hamshirasi Muqaddas Ataullayeva.
Agar Siz kun davomida atrofingizda sog‘lom mikroiqlimni yaratishni hamda yaqinlaringizni virusli xastaliklardan asrashni istasangiz, bakteriyalarga qarshi unumli ishlaydigan “Kvars-4M”, “Kvars-5M” retsirkulyatori ishonchli hamkorga aylanadi.
Muhabbat XO‘JAMURODOVA,
“Sog‘lom avlod” muxbiri
Reklama o‘rnida.
Xizmatlar litsenziyalangan.