Diqqat, tanlov: “Baxtiyor onalik va bolalik”

2016 yil Sog‘lom ona va bola yili munosabati bilan“Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati professional fotojurnalistlar va havaskor fotosuratchilar o‘rtasida

Baxtiyor onalik va bolalik”

tanlovini e’lon qiladi.

Mamlakatimizda onalik va bolalikni muhofaza qilish, farzandlarimizni ma’nan va jismonan barkamol voyaga yetkazishni ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuni inobatga olib, tanlovga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishga aylangan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasidagi ishlar aks etgan fotosuratlar maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi.

Tanlov yo‘nalishlari:

– “Sog‘lom bola – yurt istiqbolini belgilaydi” mavzusida olingan eng yaxshi fotosurat;

– “Yurtimizning yosh chempionlari” yo‘nalishidagi sport mavzusida olingan eng yaxshi fotosurat;

– “Ona o‘z orzusini farzandlari kamolida ko‘radi” mavzusida olingan eng yaxshi fotosurat.

Maxsus nominatsiya:

– “Sog‘lom farzand – qutlug‘ ne’mat” mavzusida eng yaxshi fotoetyud.

Tanlovni o‘tkazish tartibi

Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar “Sog‘lom avlod” gazetasi sahifalarida muntazam chop etib boriladi. Materiallar 2016 yilning 1 avgustiga qadar qabul qilinadi.

Maxsus hay’at tomonidan g‘olib deb topilgan fotosuratlar mualliflari mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida tahririyatning maxsus diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Manzil: Navoiy ko‘chasi, 30-uy. “Sog‘lom avlod” gazetasi tahririyati.

Murojaat uchun telefon: (0 371) 244-24-85.

Elektron pochta manzili: maktub@soglom. uz.

Fotosuratlar “Baxtiyor onalik va bolalik” tanloviga deb ko‘rsatilishi lozim.

Yana o‘qing:  Ozod yurtning obod xonadonlari

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: