Umrga tatigulik hayot sabog‘i

Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 12-”Mehribonlik” uyi boshimni silaguvchi mehribonlarim, umrimga mazmun baxshida eta olgan maskanga aylangan. Men shu yerda ulg‘aydim, bilim oldim. Yodimda, ustozlarim, tarbiyachi opalarim bilan ko‘p bora dildan suhbatlashib, ularning qimmatli nasihat va fikrlarini olardim.

O‘z maqsadi yo‘lida qat’iyatli bo‘lish, hayotda o‘z o‘rnini topish uchun tinimsiz harakat qilish lozimligini ulardan o‘rgandim. Ustozlarim har qanday vaziyatda ham biz uchun qayg‘urib, har birimizning qiziqishlarimizdan kelib chiqqan holda ma’lum yo‘nalishlarga yo‘naltirishdi. Bu yo‘lda hech qachon o‘z maslahatlari va o‘gitlarini ayashmadi. Tikish-bichish, pazandachilik, to‘quvchilik, bir so‘z bilan aytganda, qiz bola uchun zarur bo‘lgan barcha hayotiy ko‘nikmalarni shu dargohda o‘rgandim. “Mehribonlik” uyidan uchirma bo‘lganimizga ko‘p vaqt o‘tgan bo‘lsada hali ham tarbiyachi opalarim bilan tez-tez fikr almashib turamiz. 2003-yilda navbatdagi ta’lim bosqichiga jalb etilganimizda men Termiz shahridagi tibbiyot kollejida o‘qishni davom ettirishga ahd qildim. Bu tanlovimda ona bo‘lib menga g‘amxo‘rlik qilgan ustozlarimning maslahatlari qo‘l keldi. 2007-yilda esa Termiz davlat universitetining iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirdim va oliy o‘quv yurtini muvaffaqiyatli tamomladim. Soham iqtisodchi bo‘lgani bilan men ayol uchun kerak bo‘lgan eng muhim hayotiy saboqni shu go‘shadan oldim. Vaqti kelib qizalog‘im Durdonaxon ulg‘ayganida bu o‘gitlarni unga ham o‘rgatib boraman.

Inson aziz bo‘lgan muqaddas yurtimizda har bir bola, har bir fuqaro e’tibor va g‘amxo‘rlikda ekanining bevosita guvohi sifatida, vatanimizning osmoni hamisha musaffo bo‘lishini tilayman.

Zebo IBRAGIMOVA,

Surxondaryo viloyati

Яна ўқинг:  Обод диёрнинг бахтиёр боласиман

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: