Hamkorlik samaralari

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida yoshlarning ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Yaponiyaning Toyo, Nagoya, Gifu universitetlari professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdi.

Seminarda ilmiy-texnik ishlanmalar, uning mohiyati, resurstejamkor texnologiyalar, yuqori texnologiyalar tarmoqlaridagi yangi ishlanmalar xususida so‘z yuritildi. Markazda faoliyat yuritishi rejalashtirilayotgan yosh olimlarning tanlab olingan yuzga yaqin g‘oyasi muhokama qilindi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik iqtidorli yoshlarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, ijodiy tafakkur va yaratuvchilik salohiyatini rivojlantirishdek maqsadlarga xizmat qiladi. Anjuman davomida yaponiyalik olimlar universitetda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, ishlanmalar, talabalarning ijod namunalari, yoshlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Yana o‘qing:  Yoshlar – huquq bilimdoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: