EZGULIK ELChILARIGA EHTIROM

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan o‘tgan yilning iyun oyida ayollarga oid davlat siyosatini jamoatchilikka yetkazish, qo‘mita tizimida olib borilayotgan ishlarni matbuotda yanada keng yoritish maqsadida Axborot xizmati tashkil etildi. O‘tgan vaqt davomida OAV bilan yo‘lga qo‘yilgan mustahkam hamkorlik bois tizimda o‘tkazilayotgan har bir tadbir ommaga tushunarli tarzda yetkazib borildi.

Ana shu munosabat bilan Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini yoritishda yaqindan yordam bergan tele va radiodasturlar, gazeta va jurnallar hamda veb-sahifalarni, ularning vakillarini taqdirlash, yil yakuni bo‘yicha hisobot berish maqsadida “Ezgulik elchilariga ehtirom” deb nomlangan anjuman o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxonova Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini yoritishda yaqindan yordam bergan tele va radiodasturlar, axborot agentliklari, gazeta va jurnallar hamda veb-sahifalar, ularning vakillariga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining maxsus tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Shuningdek, 2013 yilning yanvar-fevral oylari davomida ommaviy axborot vositalari o‘rtasida “Ayol – obod turmush bunyodkori” mavzusida tanlov e’lon qilindi. Ikki oy davomida OAVda e’lon qilingan eng yaxshi maqola (gazeta, veb-sahifalarda), ko‘rsatuv (lavha), radioeshittirish hamda fotolar maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqilib, tanlov g‘oliblariga Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mukofotlar topshiriladi.

M. QURBONBOYEVA

Yana o‘qing:  Yuz parvarishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: