ISTE’DOD VA MAHORAT FESTIVALI

“Istiqlol” san’at saroyida “Kamalak yulduzlari – 2015” respublika bolalar ijodiyoti festivali g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir va ular ishtirokida galakonsert bo‘lib o‘tdi.

Yosh avlodning ezgu intilishlari, orzu-istaklarini o‘zida aks ettirgan yorqin loyihalardan biri “Kamalak yulduzlari” festivalidir. Mazkur festival musiqa va san’at, badiiy ta’lim, maktabdan tashqari ta’limni yanada rivojlantirish, o‘g‘il-qizlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning beg‘ubor orzulariga qanot bag‘ishlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Festivalning barcha bosqichida 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 60 ming 400 nafardan ortiq iqtidorli o‘g‘il-qiz o‘z mahoratini namoyish etdi. Ulardan 111 nafari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Saralash bosqichlarida o‘quvchilarning mumtoz va milliy musiqa cholg‘ulari ijrochiligi, an’anaviy va akadem xonandalik, xoreografiya, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishidagi iste’dod va mahorati taniqli san’atkor va mutaxassislar tomonidan baholandi.

Loyiha doirasida poytaxtimizdagi ko‘rgazma zallarida bolalar rasmlari ko‘rgazmasi, mohir rassom va haykaltaroshlar, usta hunarmandlar, musiqashunoslar, rejissyorlar, shoir va yozuvchilar ishtirokida mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Mayna Hasanova

Yana o‘qing:  XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2014/24)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: