SARATONNI ANIQLOVCHI UNIVERSAL TEST
Amerikaning Illumina kompaniyasi saraton xastaligining rivojlanishini dastlabki bosqichlarida aniqlash uchun universal test ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning boshlanganligi to‘g‘risida ma’lum qildi.
“Grail” nomini olgan loyihani amalga oshirish uchun yangi kompaniya tashkil etiladi. Loyihaga allaqachon 100 million dollardan ortiq mablag‘ kiritildi. Loyiha uchun bir qator kompaniyalar investorlik qilmoqda.
Illumina qon tahlili bo‘yicha testlarning 2019 yildan boshlab qo‘llana boshlanishini rejalashtirmoqda. Testni bir marta o‘tkazish ming dollar atrofida bo‘lib, uni odatdagi shifokorlar huzurida yoki maxsus markazlarda o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Tahlil texnologiyasi “suyuq biopsiya” deb atalib, uning yordamida inson qonidan saraton hujayralarining DNK fragmentlari qidiriladi.